28/12/2023

Yashash joylari

“Yashash joylari” deganda bir yoki bir nechta shaxsning odatiy yashash joyi hisoblangan turar joy turi tushuniladi. Ular strukturaviy ajratilgan va mustaqil turar joylar hisoblanib:

odamlar yashashi uchun qurilgan, qayta qurilgan yoki moslashtirilgan boʻlib, ular roʻyxatga olish vaqtida boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi va band boʻladi yoki yashash uchun moʻljallangan boʻlmasa-da, roʻyxatga olish vaqtida shu maqsadda foydalaniladi. Yashash joylari boʻlinadigan asosiy toifalar taʼrifi yordamida tasvirlangan:

 Anʼanaviy band yashash joylari;

Boshqa turardagi joylar, masalan, roʻyxatga olish vaqtida odamlar tomonidan foydalanilayotgan kulba, kapa, karvonsaroy, turar joy kemasi, omborxona, tegirmon, yertoʻla yoki boshqa turdagi boshpanalar kollektiv yashash joylari mehmonxona, institutsional muassasa, oromgoh va boshqalar.

 

Turar joy birliklari

“Turar joy birligi” deganda ajratilgan va mustaqil yashash joyi tushuniladi, u alohida uy xoʻjaligi yashashi yoki yashash uchun moʻljallanmagan boʻladi. Biroq, roʻyxatga olish davrida uy xoʻjaligiining odatiy yashash joyi sifatida foydalaniladi.

Anʼanaviy yashash joyi

“Anʼanaviy yashash joylari” oʻzida strukturaviy ajratilgan va mustaqil joyni aks ettiradi, u belgilangan joyda odamlarning doimiy yashashi uchun moʻljallangan va roʻyxatga olish vaqtida boshqa maqsadlarda toʻliq foydalanilmaydi. Anʼanaviy turar joy xona yoki bir qator xonalar boʻlib, kapital tuzilishida yordamchi joylar (masalan, dahliz, yoʻlak)larni oʻz ichiga oladi yoki oʻz konstruksiyasiga koʻra bunday binoning bir qismini ajratib olgan boʻladi. Yuvinish xonasi va hojatxonaning borligi va faqat u yerda istiqomat qiluvchilar foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlishi shart emas.

Joy ajratilgan hisoblanadi, qachonki, devorlar bilan oʻralgan va tom bilan qoplangan boʻlsa, va alohida shaxslar yoki shaxslar guruhi boshqa odamlarning uxlash, ovqat tayyorlash va isteʼmol qilish yoki ob-havo va tabiatning salbiy taʼsirlaridan himoyalanish imkoniga ega boʻlsa. U mustaqil hisoblanadi, qachonki, unga koʻchadan toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoni boʻlsa yoki umumiy kommunal yoki zina maydoni, yoʻlak, galereya yoki yer uchastkasidan kirish mumkin boʻlsa. Bu shuni anglatadiki, yashovchilar unga kirishi va tark etishida boshqa shaxslarning joylaridan kesib chiqishiga zarurat boʻlmaydi.

“Kapital tuzilish” deganda asosiy konstruksiyalarning chidamlilik muddati 15 yildan kam boʻlmagan tuzilish tushuniladi. Baʼzi davlatlar, balki binoning kapital xususiyatini qurilish nuqtayi nazaridan yoki ishlatilgan qurilish materiallari nuqtayi nazaridan belgilashni istaydi. Ajratilgan xonalar yashash uchun foydalanilishi maqsad qilinganda, qaysiki, yashash joyining tarkibiy qismi sifatida foydalanish uchun loyihalashtirilgan boʻlsa (masalan, alohida turadigan garaj ustidagi xona yoki xonalar) binoning qismi sifatida hisoblanishi kerak.

Anʼanaviy uy-joylar band, mavsumiy yashash uchun foydalaniladigan yoki ikkilamchi; vakant yoki roʻyxatga olishga qamrab olinmagan yashovchilargina boʻlgan sifatida tasniflanishi mumkin:

  • Anʼanaviy uy-joy, agar bir yoki bir necha shaxs uchun odatiy yashash joyi hisoblansa, ular mehnat taʼtili yoki kasalxonada boʻlgani sabab roʻyxatga olish vaqtida boʻlmaganidan qatʼi nazar, “band anʼanaviy turar joy” sifatida belgilanadi. Anʼanaviy uy-joy “yashovchisi” deganda mazkur joyda odatiy yashash joyiga ega boʻlgan shaxs tushuniladi.
  • “Ikkilamchi yoki mavsumiy foydalanish uchun moʻljallangan” anʼanaviy uy-joy, hatto agar u roʻyxatga olish vaqtida odatda boshqa joyda turuvchi insonlar bilan band boʻlgan taqdirda ham shunday tasniflanaveradi
  • Anʼanaviy uy-joy, agar u sotuv yoki ijaraga taklif qilinayotgani sababli band boʻlmasa, yoki tashlandiq yoki buzib tashlash uchun moʻljallangan boʻlsa, yoki qayta qoʻzgʻatilgan va hali band boʻlmasa, “vakant” sifatida belgilanadi.
  • Anʼanaviy uy-joy “roʻyxatga olish qamroviga kiritilmagan yashovchilargina boʻlgan turar joy” sifatida belgilanadi, agar u roʻyxatga olish qamroviga kiritilmagan shaxslar, masalan, tashrif buyuruvchilar, qisqa muddatli migrantlar, chet el harbiy xizmatchilari, dengizchilar va diplomagik xodimlar va ularning oilasi bilan (vaqtincha) band boʻlsa.

Roʻyxatga olish maksadlarida barcha anʼanaviy turar joylar hisobga olinadi, ular band yoki yoʻqligidan qatʼi nazar (yaʼni, eng kamida bitta odatiy yashovchiga egaligi), vaholanki, koʻplab belgilar faqat anʼanaviy band turar joylarga nisbatan qoʻllaniladi.

Anʼanaviy turar joylar ularning ahamiyatliligi hisobga olinishi bilan qoʻshimcha ravishda bandligi va tuzilish turi, belgisiga koʻra tasniflanadi. Biroq, davlatlar anʼanaviy band turar joylarni qulayliklarning asosiy turlari (oshxona, suv taʼminoti tizimi, hojatxona, yuvinish moslamalari va isitish) mavjudligiga koʻra yana boʻlinishni amalga oshirishi mumkin, bunda turar joy nechogʻlik elementar ekanini tasniflash maqsad qilinadi.

 

 

Roʻyxatga olishsh jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish

boʻlimi yetakchi mutaxassisi S.Kurbonova