O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi H.Turaxujaev boshchiligida Xorazm viloyatida tashkil etilgan viloyat shtabining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holati hamda aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash istiqbollarini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Farmon ijrosi doirasida viloyat hamda tuman (shahar)larda tashkil etilgan shtablarning asosiy vazifalari, amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish doirasida Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M. Achilov bilan birgalikda Urganch tumanidagi shtab faoliyati bilan tanishildi hamda tumanning “Arboblar” mahallasida olib borilayotgan ishlar jarayoni o‘rganildi.
Shu bilan birga “mahalla yettiligi” bilan suhbatda Farmon ijrosi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ularning takliflarini eshitdi va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.
 




Axborot xizmati



