Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-iyul oylarida 579 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.
Statistik tahlillar so‘nggi 5 yilda eng ko‘p yangi oilaviy korxona 2022- yilning yanvar-iyul oylarida tashkil etilganini va ularning soni 1 037 tani tashkil qilganini ko‘rsatmoqda.
Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar sonining 2019-2023- yillar davomida (yanvar-iyul davrida) o‘zgarish dinamikasi:
2019- yilda – 962 ta
2020- yilda – 938 ta
2021- yilda – 616 ta
2022- yilda – 1 037 ta
2023- yilda – 579 ta.
Axborot xizmati