Joriy yilning 7 oyida viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi, statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 5 630,1 mlrd so‘mni yoki jami chakana savdo tovar aylanmasining 93,5 %ini tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan savdo hajmi 4,0 % ga ko‘paydi.
Yuqori o‘sish sur’atlari viloyatning Xiva shahri (111,0 %), Urganch shahri (107,0 %), Yangiariq (106,5 %) va Xonqa (104,6 %) tumanlarida qayd etilgan.
Axborot xizmati