Joriy yilning 23- avgust kuni Urganch shahar statistika bo‘limida viloyat statistika boshqarmasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti I.Otajanov ishtirokida seminar tashkil etildi.
Sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirish, statistik hisobotlarni qabul qilishda qonunchilik normalariga qat’iy amal qilish hamda zarur hollarda ma’muriy jarimalar amaliyotini qo‘llash tartibiga bag‘ishlangan o‘quv seminarida bo‘lim xodimlari, hisobot topshiruvchilar, amaliyotchi talabalar ishtirok etishdi.
Axborot xizmati