2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyati chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 390,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bu ko‘rsatkich umumiy savdo hajmining 6,5 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Viloyatning Urganch shahri (15,0 %) va Xiva tumanida (9,7 %) yirik korxonalarning jami savdodagi ulushi eng yuqori darajada qayd etilgan.
2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan yirik korxonalarning savdo hajmida 9,2 %ga kamayish kuzatilgan.
Axborot xizmati