Joriy yilning 21- avgust kuni viloyatimizning bir qator shahar va tumanlarida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyati tanlanma asosda kuzatildi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Urganch tumanida, o‘rinbosari U.Bardiyev Urganch shahrida, Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Q.Matchanov Xonqa tumani bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rgandilar.
Xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘tovchi mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar tegishli hududning narx registratorlari tomonidan planshet qurilmalariga qayd etib borildi.
Axborot xizmati