21/08/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6,0 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmining o‘sish sur’ati 103,1 % darajada qayd etilgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatning Xiva shahri (109,2 %), Yangiariq tumani (106,2 %), Yangibozor tumani (105,4 %) va Urganch sharida (104,2 %)  chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilgan.

 

Axborot xizmati