Joriy yilning 6 oyida Tuproqqal’a tumanida umumiy hajmi 249,2 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning yanvar-iyuniga nisbatan o‘sish sur’ati 193,2 %ni tashkil etgan.
Shundan 230,9 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hissasiga to‘g‘ri kelgan ( o‘tgan yilga nisbatan 2,1 marta oshgan).
Tumanda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan markazlashmagan investitsiyalarning tarkibi:
korxona o‘z mablag‘i – 34,3 mlrd so‘m
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar- 160,2 mlrd so‘m
aholi mablag‘i – 35,3 mlrd so‘m
bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari - 1,1 mlrd so‘m.
Axborot xizmati