2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 2 331,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 1 715,7 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 73,6 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 518,0 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 22,2 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 98,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 4,2 %ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati