17/08/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida 250,6 mlrd so‘mlik boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,7 % ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 25,2 % ga o‘sdi.

2019-2023- yillar (yanvar-iyun oylari)da mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarish dinamikasi:

2019- yilda – 140,4 mlrd so‘m

2020- yilda – 164,5 mlrd so‘m

2021- yilda – 153,9 mlrd so‘m

2022- yilda – 146,7 mlrd so‘m

2023- yilda – 250,6 mlrd so‘m.

 

 

Axborot xizmati