Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 564,7 ming tonna sut sut sog‘ib olingan.
Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davri bilan solishtirganda 0,5 %ga oshgan.
Hududlar kesimida etishtirilgan (sog‘ib olingan) sut hajmi:
Urganch tumani – 68,8 ming tonna
Hazorasp tumani – 67,0 ming tonna
Xonqa tumani – 62,6 ming tonna
Gurlan tumani – 61.5 ming tonna
Shovot tumani – 58,4 ming tonna
Qo‘shko‘pir tumani – 56.9 ming tonna
Yangibozor tumani – 43,6 ming tonna
Yangiariq tumani – 43,3 ming tonna
Bog‘ot tumani – 42,7 ming tonna
Xiva tumani – 41,0 ming tonna
Tuproqqal’a tumani – 12,4 ming tonna
Xiva shahri – 3,5 ming tonna
Urganch shahri – 2,9 ming tonna.
Axborot xizmati