Urganch tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 349,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 109,2 %ga teng bo‘lgan.
Jami investitsiyalarning 41,9 %i yoki 146,3 mlrd so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar umumiy hajmining 9,5 %ini tashkil etgan.
Axborot xizmati