Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda.
Bugun, 17- avgust kuni Urganch tumanida kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan turar joylarni so‘rovnomalar asosida o‘rganildi. Tuman statistika bo‘limi boshlig‘i J.Bekchanov va bosh mutaxassisi K.Otaniyozovlar yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan turar joylarning qurilish ko‘rsatkichlarini 1kv/mga nisbatan hisoblab, olingan ma’lumotlarni planshetlarga qayd etib bordilar.
Tanlanma kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati