16/08/2023

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, viloyatimizda tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 070 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich  jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 4,1 %ini tashkil etdi.

2022- yilning mos davri bilan solishtirganda sohadagi korxonalar soni 143 taga ko‘paygan.

Tashish va saqlash sohasida eng ko‘p korxona viloyatning Urganch shahri (223 ta), Hazorasp (156 ta), Xonqa (114 ta) va Urganch tumanlarida (111 ta) faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati