Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 16- avgust kuni ana shunday kuzatuvlardan biri viloyatning Xonqa tumani dehqon bozorida o‘tkazildi.
5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ishtirok etib, narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi mutaxassisiga bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Axborot xizmati