15/08/2023

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 15- avgust kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi dehqon bozorlarida olib borildi.

Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov ishtirok etib, narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi mutaxassislari (narx registratorlari)ga bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.



Axborot xizmati