15/08/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda. Shovot tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shu kunlarda joylarga chiqqan holda mahallalarning xaritalarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan bu jarayon mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish, mahalla aholi sonini aniqlashtirish ishlarini o‘z ichiga oladi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinmoqda.



Axborot xizmati