Shu yilning 14- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida Kengash raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Keyingi 10 yil mobaynida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotini boshqargan Q.Quryazovning Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tgani munosabati bilan ish hajmining oshganini e’tiborga olib, uning o‘rniga jamoaning taklifi va ko‘pchilik ovoziga asosan Shavkat Bobojonov Kengash raisi etib saylandi. Shuningdek, Kengash a’zolarining yangi tarkibi ham shakllantirildi.
Yig‘ilishda davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati Kengashining raisi o‘rinbosari R.Babajonov ishtirok etdi.
Axborot xizmati