14/08/2023

Bugun, 14- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov va Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Davletovlar shahardagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.

Mazkur kuzatuv nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.
    Kuzatuv davomida savdo majmuasida sotilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari tovar (xizmat)lar iste’mol narx (tarif)larini ro‘yxatga olish so‘rovnomasi asosida o‘rganildi.


Axborot xizmati