Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot va xizmatlar importi hajmi 106,6 mln AQSH dollarini tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,8 %ga ko‘paygan.
Jami viloyat importida kichik biznesning ulushi 36,4 %ni tashkil etgan.
2018-2023- yillar (yanvar-iyun oylari)da viloyat importida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ulushining o‘zgarish dinamikasi:
2018- yilda – 97,4 %
2019- yilda – 92,8 %
2020- yilda – 66,2 %
2021- yilda – 58,8 %
2022- yilda – 34,2 %
2023- yilda – 36,4 %.
Axborot xizmati