Xorazm viloyatida shu yilning 1- iyul holatiga boqilayotgan qo‘y va echkilar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 22,7 mingtaga oshgan va 481,2 mingtaga yetgan.
Qo‘y va echkilar sonining xo‘jalik toifalari bo‘yicha taqsimlanishi:
fermer xo‘jaliklarida – 81,0 mingta
dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida – 369,0 mingta
qishloq xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi tashkilotlarda – 31,2 mingta.
Viloyat bo‘yicha eng ko‘p qo‘y va echkilar Qo‘shko‘pir tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 89,6 mingtani tashkil qilgan.
Axborot xizmati