14/08/2023

2023– yilning yanvar– iyun oylarida Shovot tumanida 745,3 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,0 %ni tashkil qilgan.

Tumanning viloyatda chorvachilik mahsulotlari etishtirishdagi ulushi 10,2 %ni tashkil etgan.

Shovot tumanida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari:

go‘sht (tirik vaznda) 9,5 ming tonna

sut – 58,4 ming tonna

tuxum – 21,1 mln dona

ovlangan baliq – 455,2 tonna.

 

 

Axborot xizmati