2023- yil 1- avgust holatiga viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 33 948 tani tashkil etib, shundan 26 301 tasi faoliyat ko‘rsatgan.
2022- yilning 1- avgusti bilan taqqoslaganda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 874 taga kamaygan.
2019-2023 yillar (1 avgust holatiga) faoliyat yuritayotgan korxonalar soninig o‘zgarish dinamikasi:
2019- yilda – 17 655 ta
2020- yilda – 20 353 ta
2021- yilda – 23867 ta
2022- yilda – 27 175 ta
2023- yilda – 26 301 ta.
Axborot xizmati