Joriy yilning 11- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida avgust oyining birinchi o‘n kunligida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu yilning 7- avgustida qabul qilingan “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021- yil 22- iyundagi 388-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 340-sonli qarorining yo‘nalishlari, asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.
Axborot xizmati