11/08/2023

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

 6 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd AQSH dollari va import 17,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

 O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-iyun oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

 

Matbuot xizmati