07/08/2023

  Viloyatimizda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda. Tayyorgarlik jarayonining ayni pallasida hududlardagi statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan,  joyiga chiqqan holda, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish, mahalla aholi sonini aniqlashtirish ishlarini olib borilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilmoqda.

 

Axborot xizmati