07/08/2023

Joriy yilning avgust oyida viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan navbatdagi foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
    Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
    O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

Suratlarda  Gurlan, Urganch va Yangiariq tumanlarida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlaridan lavhalar.

 Axborot xizmati