Bugun, 4-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2023- yilning II choragi yakunlari hamda Davlat statistika Dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlili va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishida boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari, shahar va tuman bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshligi A.O‘tamuratov ochib berdi va Davlat statistika Dasturida statistika idoralari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar xususida gapirib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari va tarmoq bo‘lim boshliqlari yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha ma’lumot berib, asosiy e’tiborni tanqidiy tahlilga qaratdilar.
Xususan, statistik hisobotlarni o‘z vaqtida, haqqoniy va sifatli topshirishda, kuzatuvlarni belgilangan vaqt va tartibda amalga oshirish bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan hududlarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi. O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshmagan xodimlarga intizomiy chora ko‘rilishi ta’kidlandi. Aksincha, ishida yaxshi natijalarga erishayotgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati