04/08/2023

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati 14,0 birlikni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2022- yil 1- iyul holatiga nisbatan 0,9 birlikka kamaygan.

Viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Urganch shahrida 28,2 birlikni tashkil qilgan.

Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 4 253 tani yoki jamiga nisbatan 18,3 %ni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati