28/07/2023

Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish mamlakat aholisining soni va xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni  toʻplashning asosiy poydevorlaridan biri boʻlib, boshqa roʻyxatga olish turlari, tadqiqotlar, registrlar va maʼmuriy manbalarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan integratsiyalashgan milliy statistika tizimining tarkibiy qismi sifatida xizmat qilishi kerak. Bu muntazam vaqt oraligʻida mamlakat aholisi sonini baholash uchun nazorat maʼlumotlarini olish imkonini beradi. Kichik geografik hududlar yoki aholining kichik guruhlari holatida, roʻyxatga olish ularning muayyan ijtimoiy, demografik va iktisodiy xususiyatlari haqida maʼlumot olishning yagona manbai boʻlishi mumkin. Shuningdek, roʻyxatga olish koʻpgina mamlakatlar uchun tanlanma kuzatuvning asoslarini shakllantirish maqsadida ishonchli umumiy toʻplamni yaratishning yagona vositasi sifatida ham koʻriladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti  davlatlarni aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga oid xalqaro va hududiy takliflarni hisobga olib, aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish dasturi doirasida kamida 10 yilda bir marta aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishni tavsiya qiladi.

Hozirgi kunda koʻplab mamlakatlar aholi va uy-joy fondi statistikasining toʻliq yoki bir qismini ishlab chikish uchun maʼmuriy registrlardan foydalanmokda. Ushbu mamlakatlarda ijtimoiy, demografik va iqtisodiy xususiyatlarni bogʻlash imkonini beruvchi mamlakatdagi vaziyatning toʻliq manzarasini koʻrsatish imkoniyatini taqdim qiladi.

Qoʻyida aholini va uy-joylarni roʻyxatga olishning noyobligini belgilaydigan asosiy xususiyatlar toʻplami keltirilgan:

1) Alohida hisobga olish

Roʻyxatga olish jarayonida har bir shaxs (har bir turar-joy majmuasi) haqidagi maʼlumotlar ularning xususiyatlari alohida tarzda qayd etilgan holda toʻplanadi. Bu turli xil belgilarning oʻzaro tasnifini va bir nechta belgilar boʻyicha maʼlumotlarni olish imkonini beradi.

2) Bir vaqtdalilik

Roʻyxatga olish jarayonida shaxslar va turar joylar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar aniq belgilangan va yagona hisob davriga (yoki muayyan vaqtga) tegishli boʻlishi kerak. Ideal holda barcha shaxslar va ʻ“yashash joylari haqidagi maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida toʻplanishi kerak. Biroq, agar maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida toʻplanmasa, toʻplangan maʼlumotlar bir xil hisob-kitob davriga tegishli boʻlishi uchun tuzatishlar kiritilishi kerak boʻladi.

3) koʻp tomonlamalik

Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish mamlakatning aniq belgilangan hududi doirasida shaxslar umumiy soni, uy xoʻjaliklari va uy-joy birliklari soni toʻgʻrisida maʼlumot olishni taʼminlashi kerak. Aholini roʻyxatga olish  mamlakatning maʼlum bir hududida istiqomat qiluvchi va/yoki maʼlum bir vaqtda joylashgan barcha shaxslarni qamrab olishi kerak. Roʻyxatga olish jarayonida olingan hisob-kitoblarning asosiy darajasidagi maʼlumotlar mustaqil qamrov nazorati yordamida ishonchliligi uchun tekshirilishi kerak.

4) Kichik hududlar boʻyicha maʼlumotlar

Roʻyxatga olish mamlakatning eng kichik geografik hududlari va aholining kichik guruhlari darajasida aholi va uy-joylarning soni va xususiyatlari haqida maʼlumot olish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda, shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini himoya qilish boʻyicha asosiy talablarga javob beradi.

5) Roʻyxatga olishning davriyligi

Roʻyxatga olish oʻrnatilgan davriylikda qabul kilingan, taqqoslash mumkin boʻlgan axborot olish uchun muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. Xar 10 yilda kamida bir marta roʻyxatga olish tavsiya etiladi.

 

 

 

 

Xorazm viloyat statistika boshqarmasi

Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish

boʻlimi boshligʻi A.Jumaniyozov