Xorazm viloyatida 2023- yilning dastlabki 5 oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 847,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 3,8 % ga ko‘paydi.
Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 93,4 % ni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining eng yuqori o‘sish sur’atiga ega hududlar:
Xonqa tumani – 108,6 %
Xiva shahri – 107,5%
Qo‘shko‘pir tumani – 107,4 %
Gurlan tumani – 105,3 %
Urganch shahri – 104,2 %.
Axborot xizmati