O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmuratov bugun, 9-iyun kuni viloyatimizning Urganch va Yangibozor tumanlarida bo‘lib, statistika bo‘limlari xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida xodimlarning korrupsiya va uning oqibatlari xususidagi bilim va ko‘nikmalarini aniqlash barobarida, har bir xodimning kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli Qonuniga, xususan, 14-moddada belgilangan “Davlat statistika organlarining huquq va majburiyatlari”ga qat’iy rioya qilgan holda, statistika dasturlarining bajarilishini ta’minlashga oid majburiyat va mas’uliyatlari hududiy bo‘limlar xodimlariga tushuntirildi.
Axborot xizmati