Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 102,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 21,8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.
 
  Trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,2 mln dollariga oshgan.
 
  2023- yilning 4 oyida O‘zbekiston trikotaj mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
 
 — Rossiya – 32,8 mln
 
 — Qirg‘iz R. – 28,7 mln
 
 — Italiya – 17,2 mln
 
 — Ozarbayjon – 6,2 mln
 
 — Belarus R. – 5,5 mln
 
 — Armaniston – 3,8 mln
 
  — Polsha – 3,3 mln AQSH dollari
Matbuot xizmati



