Joriy yilning 15-oktabridan eʼtiboran viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida biznesni roʻyxatga olish tadbiri boshlandi.


Roʻyxatga olish ishlari statistika tizimi xodimlari va mahallalarning hokim yordamchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-oktabridan 30-noyabriga qadar butun respublika boʻylab tashkil etiladigan ushbu tadbir natijasida barcha iqtisodiy birliklar haqida toʻliq va ishonchli maʻlumotlar shakllantiriladi.


Bu esa oʻz navbatida korxona va tashkilotlar, YATT lar, dehqon va fermer xoʻjaliklari, oʻzini-oʻzi band qilganlar, norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlarning faoliyat turi, bandlik holati, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, internet va elektron savdodan foydalanish, eksport-import hamda boshqa muhim iqtisodiy koʻrsatkichlari (respondent turiga koʻra) aniqlanadi.


Olingan maʼlumotlar mamlakatimizning yangi va yagona biznes registrini shakllantirish uchun asos boʻladi hamda iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
Axborot xizmati



