06/06/2023
	
	
		
						
	
		
  Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 14,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
 
  Gilam eksporti hajmi 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 mln AQSH dollariga oshgan. 
 
  O‘zbekiston eng ko‘p gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):
 
 — Qirg‘iz R. – 7,5 mln
 
 — Tojikiston – 2,3 mln
 
 — Ozarbayjon – 1,8 mln
 
 — Rossiya – 1,5 mln
 
 — Afg‘oniston – 1,1 mln
 
 — Qozog‘iston – 436 ming.
 
 Matbuot xizmati