18/05/2023

Viloyatimiz tuman va shaharlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom qildirilmoqda. SHu kunlarda hududiy statistika bo‘limi xodimlari joylarga chiqqan holda mahallalar kesimida uy-joylarning raqamlanganligi, ko‘chalarning nomlanganligi, turar va noturar obyektlarning kadastr xaritalariga mosligini monitoring qilmoqdalar.

Bu ishlar bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari va faollari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Suratlarda: viloyatning Bog‘ot, Shovot, Yangibozor va Urganch tumanlarida olib borilayotgan o‘rganish jarayoni.

Axborot xizmati