Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,4 mln juft oyoq kiyim eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 mln AQSH dollariga oshgan.
2023- yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz R. – 1,5 mln juft
Qozog‘iston – 1,3 mln juft
Tojikiston – 484 ming juft
Ozarbayjon – 59 ming juft
2023- yilning 2 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 4,6 mln.
Farg‘ona viloyati – 1,0 mln.
Samarqand viloyati – 758 ming
Xorazm viloyati – 511 ming AQSH dollari
Matbuot xizmati