Joriy yilning 1- mart holatiga  Xiva shahrida 1 752 ta kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangiariq tumanida 23,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda  6,6 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangibozor tumanida 88,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, eng yuqori ulush transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 31,3 mlrd so‘mni yoki 35,3 % ulushni tashkil etgan.

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida Hazorasp tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 3,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Bog‘ot tumanida 27,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda  102,3 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar-fevral oylarida Urganch tumani sanoat korxonalari tomonidan  184,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Yangibozor tumanida joriy yilning dastlabki 2 oyida 24,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-fevral oylari bilan taqqoslaganda  0,6 % o‘sish kuzatilgan.

Joriy yilning 1- mart holatiga Bog‘ot tumanida 2 466 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 802 tasi faoliyat olib borgan.

2024- yilning 1- mart holatiga Gurlan tumanida 2 163 ta tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 1 484 tasi faoliyat yuritgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda 67 766 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 548 tonna choy import qilgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatining Qozog‘iston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 5,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,6 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat sanoatida 638,0 ming kv metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 2 oyida viloyat sanoatida 3 355 ta maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 1- mart holatiga viloyatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 266 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat yuritgan.

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida viloyat bo‘yicha 883 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 110 taga kamaygan.

2024- yilning 1-  mart holatiga viloyatimizda  yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 605 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 Joriy yilning 1- mart holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 131 tani tashkil etib, hududlar kesimida eng ko‘p korxona Urganch shahri (53 ta), Urganch tumani (10 ta), Xonqa tumani (9 ta), Xiva shahri (9 ta), Xiva tumani (8 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.