Xiva shahrida 2024- yilning 1- aprel  holatiga 2 738 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 179 taga oshgan.

Joriy yilning 10- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar targ‘ibotshga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida trolleybus transportida 160 ming yoʻlovchi tashilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 3 791,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 % ga o‘sdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat eksporti tarkibida eng yuqori ulush Shovot tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan  15,2 % bilan 14,0 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Hazorasp tumanida 271,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xizmatlar hajmi 19,5 %ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Urganch tumanida 263,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Xiva tumanida 94 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 13 taga oshgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga Yangibozor tumanida  1 679 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 220 tasi faoliyat yuritgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Tuproqqal’a tumanida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 57,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2024–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3386,5 tonna (2023–yilning yanvar–martiga nisbatan 26,8 %ga ko‘p) baliq ovlandi.

Urganch tumanining doimiy aholisi soni joriy yilning  1- aprel holatiga 214,5 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,0 %ga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Xiva tumanida 7,2 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,6 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizdagi dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mavjud chorva mollari va parrandalar soni:

Yangibozor tumanida 2024- yilning yanvar-mart oylarida 55,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 31,0 mlrd so‘mi (56,3 %i) norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 63,1 mln AQSH dollarini yoki jami TSA hajmining 33,0 % ulushini tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyat bo‘yicha sanoat sohasida 774 ta xususiy korxonasi faoliyat yuritgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga Yangiariq tumanida 1 269 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning sohalar kesimidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmi) quyidagicha bo‘lgan: