Xorazm viloyatida  2023- yilning  yanvar may oyida bozor xizmatlari sohasida qayd etilgan yuqori ko‘rsatkichlar:

2023- yilning 5 oyida viloyatda 269,6 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajmda eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) hissasiga to‘g‘ri kelgan va 92,4 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida  Hazorasp tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 225 ta sanoat korxonasi tomonidan 162,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Xiva shahri xorijiy davlatlardan 5,9 mln dollar (TSAning 53,2%i)ga teng bo‘lgan tovar (xizmat)lar importini amalga oshirgan.

Joriy yilning 5- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyueri A.Qurbonovlar Hazorasp tumanida navbatdagi uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazdilar.

Respublika bo‘yicha 2023-yilning yanvar-may oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 6 690 taga yetdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 392,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 2,9 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 6,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning may oyida yirik korxonalar tomonidan 62,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.

2023- yilning 1- iyun holatiga Hazorasp tumanida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar  soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 2 022 taga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  14,9  % ga oshgan .

2023- yil yanvar-may oylarida viloyatda hajmi 194,1 mlrd so‘mlik kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati da 2023- yilning yanvar-may oylarida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 4 548,7 mlrd so‘mni tashkil etib, uning jami sanoatdagi ulushi 59,5 % ga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatimiz xorijga 35,8 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha joriy yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3 897,5 ming so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyat sanoatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 262,0 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,4 % ini) tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar-may oylarida 1328,8 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmda yirik korxonalarning ulushi 9,7 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56,9 %ni, norasmiy sektorning ulushi 33,4 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning  1- iyuniga viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 624 ta korxona va tashkilot (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 2 602 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyat sanoatida  42,9 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,6 %ni tashkil etdi.

Xorazm viloyati 2023- yilning yanvar-may oylarida xorijga 20,7 mln AQSH dollari qiymatidagi turli xil tayyor buyumlar eksportini amalga oshirgan.