Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 12 oyi yakunida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 13,4 trln so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 7,4 %ga oshgan.

2024- yil  1- yanvar holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik  biznes  subyektlari soni (23 854 ta)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

2024- yilning  1- yanvar holatiga viloyat bo‘yicha 4 889 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha  taqsimlangan:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha 4 390 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati  yangi  tashkil qilingan.

2024- yilning  1- yanvar holatiga viloyatda 4 039 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 755 taga kamaygan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 768 tani tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatiga xorijdan  31,0 mln AQSH dollarlik sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashina va uskunalar import qilingan.

2023- yilning 11 oyida Xonqa tumanida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 17,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida 189,6 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida 149,8 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Shovot tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar  hajmi 49,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Yangiariq tumanida bajarilgan qurilish ishlarining 41,5 %i yoki 89,9 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Yangibozor tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 448,4 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning 10,8 %i yoki 48,3 mlrd so‘mi moliyaviy xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 362,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan  15,7 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 2 009 mlrd soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,8 % ni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yil yanvar-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boyicha taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizdan xorijga qiymati 118,3 mln AQSH dollarini tashkil qilgan meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

2024- yilning  1- yanvar holatiga viloyat bo‘yicha 9 242 ta savdo korxonasi faoliyat yuritgan.