03/03/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023– yilning 1– yanvar  holatiga  viloyatimizda sigirlarning umumiy  soni  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,0 ming bosh (1,1%)ga ko‘paygan va 365,1 mingtaga yetgan.

Jami sigirlar bosh sonining 90,5 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar orasida sigirlarning umumiy bosh soni bo‘yicha Urganch tumani (46,8 ming bosh), Hazorasp tumani (38,4 ming bosh), Gurlan tumani (37,8 ming bosh), Xonqa tumani (37,6 ming bosh) va Qo‘shko‘pir tumani (36,4 ming bosh) yetakchilik qilgan.

 

 

Axborot xizmati