01/03/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar oyida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,6 % ni tashkil etib, 13,8 mlrd so‘mga yetdi.

2022- yilning mos davriga nisbatan 24,5 % ga kamaydi.

Bunda savdo aylanmasining 98,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida: 2023- yil 1- fevral holatiga viloyat bo‘yicha  umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 462 tani tashkil etib, 2022- yil 1 – fevraliga nisbatan 117 taga oshgan va o‘sish sur’ati
108,7 %ni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati