24/02/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 17 ta xorijiy davlatlarga qiymati 25,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 230 mingta kir yuvish mashinalari eksport qilgan.

Kir yuvish mashinasi eksporti hajmi 2021- yil bilan solishtirilganda 43 mingtaga oshgan.

2022- yilda O‘zbekiston eng ko‘p kir yuvish mashinalarini eksport qilgan davlatlar:

— Tojikiston – 76,6 mingta

— Qozog‘iston – 60 mingta

— Rossiya – 41,1 mingta

— Qirg‘iz R. – 21,6 mingta

— Ozarbayjon – 8,6 mingta

— Moldova – 7,2 mingta

— Turkmaniston – 5,2 mingta

— Turkiya – 3,7 mingta




Matbuot xizmati