20/02/2023

2023- yilning 17- fevral sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida mehyoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yilning 10- fevralida qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarni toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni va 2023- yil 25- yanvardagi “Oilaviy tadbirkrolikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab–quvvatlash bo‘yicha  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-18-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda tarmoq bo‘limlari va  tuman (shahar) statistika bo‘limlarining boshliqlari hamda xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati