17/02/2023

Bugun, 17- fevral kuni viloyatimizda faoliyat olib borayotgan savdo shahobchalari oziq-ovqat mahsulotlarining narx indekslari (INI) bo‘yicha kuzatuvlar reja asosida davom ettirildi.

Xususan, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari X.Egamov hamda Xiva shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi, narx registratori D.Raximovlar tomonidan shahardagi “Gastronom” supermarketida aholiga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini qiyosiy o‘rganilib, planshetlarga qayd etildi.



Axborot xizmati