17/02/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Gurlan tumanida 2022- yilning 12 oyida 2 424,7 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Tumanda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 1 194,5 mlrd so‘mni tashkil qilib,  umumiy hajmning 94,4 % dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Dehqonchilik mahsulotlari hajmi 1 181,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan va jami hajmning 69,1 %i fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida  viloyat bo‘yicha eng ko‘p don yetishtirilgan va 68 910 tonnani tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati