16/02/2023

O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ball bilan 40-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

 Open Data Inventory (ODIN) – rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.

Statistika agentligi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019- yildan boshlab, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:

— 2015- yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-o‘rinni;

— 2016- yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2017- yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-o‘rinni;

— 2018- yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2020- yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan.

 Matbuot xizmati