15/02/2023

Xorazm viloyatida 2020-2022- yillarda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida  2 662 ta yangi  kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilingan.

 So‘nggi 3 yilda  sohada  eng ko‘p  (jamining 61,0%iga teng bo‘lgan) kichik korxona va mikrofirmalar  yangidan tashkil etilayotgan yo‘nalishlar :

aralash qishloq xo‘jaligi – 494 ta (18,6 %)

parrandachilik – 397 ta (14,9 %)

dehqonchilik sohasida boshqa xizmatlar ko‘rsatish – 260 ta (9,8 %)

yirik shoxli qoramollarning sut beradigan zotlarini ko‘paytirish – 251 ta (9,4 %)

sabzavotlar yetishtirish – 212 ta (8,0 %).

Axborot xizmati